Tojikistonning birinchi prezidenti vafot etdi

Mahkamov Tojikistonning fuqarolar urushi va undan keyingi  siyosiy jarayonlardan chetda turgan
Сурат тагсўзи, Mahkamov Tojikistonning fuqarolar urushi va undan keyingi siyosiy jarayonlardan chetda turgan

Tojikistonning birinchi prezidenti Qahhor Mahkamov uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng, 85 yoshida olamdan o‘tgan.

Aziya-Plyus agentligining sobiq prezident yaqinlariga iqtibosan xabar berishicha, marhum o‘zining vasiyatiga binoan payshanba kuni Dushanbedagi "Sari Osiyo" qabristoniga dafn etiladi.

Qahhor Mahkamov 1985 yildan 1990 yilgacha Tojikiston kommunistik partiyasining birinchi kotibi, 1990 yil noyabridan 1991 yil avgustiga qadar Tojikiston prezidenti lavozimlarida ishlagan.

Uning rahbarligi Gorbachevning qayta qurish yillari, Tojikistondagi milliy va diniy harakatlar kuchaygan pallaga to‘g‘ri kelgan.

1991 yil avgustida Moskvada sodir etilgan davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlashi ortidan Dushanbe ko‘chalariga chiqqan namoyishchilar prezidentning iste‘fosini talab qilishgan.

1991 yilning 31 avgust kuni iste‘fo bergan Qahhor Mahkamov siyosiy sahnadan butunlay ketgan.

Mahkamov Tojikistonning qonli fuqarolar urushi davri va undan keyingi siyosiy jarayonlardan chetda turgan.

2000 yilda prezident Rahmonning buyrug‘i bilan mamlakat parlamentining yuqori palatasi - Milliy Majlisga a‘zo etib tayinlangan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring